Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Magistraturaga kirgan xotin-qizlar kontraktini qoplab berish tartibi qanday?


Magistraturaga kirgan xotin-qizlar kontraktini qoplab berish tartibi qanday?

Magistraturaga kirgan xotin-qizlar kontraktini qoplash uchun kimga murojaat qilishi kerak? Kontrakt uchun toʻlangan pulni keyinchalik qaytarish majburiyati bormi? Erkaklar uchun qanday imtiyozlar mavjud?

1. Qaysi OTMlar uchun imtiyoz qoʻllaniladi?

Xotin-qizlar faqat davlat OTMlari, shuningdek Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotganida ularning kontrakt puli toʻlab beriladi. Super kontrakt summalari toʻlab berilmaydi.

2. Toʻlab berilgan pulni keyinchalik qaytarish kerakmi?

Yoʻq, oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi tegishli OTMga Davlat byudjetidan toʻlanadi va uni qaytarish talab qilinmaydi.

3. Kimga murojaat qilish kerak?

Xotin-qizlar rektor nomiga 15 sentyabrgachaariza berishi kerak. Ushbu muddatdan keyin taqdim etilganarizalar koʻrib chiqilmaydi. Taqdim etilgan arizalar OTM tomonidan 3 ishkuni ichida koʻrib chiqiladi hamdaumumlashtiriladi. Roʻyxat 5 ish kunida oliy taʼlim muassasasiboʻysunadigan vazirlik va idoralarga yuboriladi.

4. Erkaklarning magistratura kontraktini toʻlash uchun imtiyozlar bormi?

Erkaklar uchun qonunchilikda alohida imtiyozlar belgilanmagan, shunday boʻlsada umumiy imtiyozlar mavjud. Xususan, davlat tomonidan begilangan banklardan imtiyozli foiz stavkalarida taʼlim krediti olish mumkin. Taʼlim krediti 7 yil muddatga beriladi.

Kontraktning 50% qismi davlat tomonidan qoplab beriladi:

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar kontraktining 50% qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi. Buning uchun tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga ariza berish kerak.

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov