Янгиликлар
Probatsiyani amalga oshirish tartibi haqida 5 ta savolga 5 ta javob.
Probatsiyani amalga oshirish tartibi haqida 5 ta savolga 5 ta javob.
1. Probatsiya deganda oʻzi nimani tushunishimiz lozim? Probatsiya deganda muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini taʼminlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar yigʻindisini tushunish lozim.
2. Qanday shaxs probatsiya nazoratidagi shaxs boʻlib hisoblanadi? Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan, shartli hukm qilingan, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda probatsiya hisobiga qoʻyilgan shaxs probatsiya nazoratidagi shaxs boʻlib hisoblanadi.
3. Probatsiya nazoratidagi shaxslar tabaqalashtirishga yoʻl qoʻyiladimi? Probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan belgilanadigan taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar ularning yoshi, jinsi, sogʻligʻining holati, xulq-atvori, ijtimoiy moslashtirish dasturlaridagi ishtiroki hamda ushbu shaxslar sodir etgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, ilgari jinoyatlar sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilganligi faktlari mavjudligi, shuningdek yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinganligi hisobga olingan holda tabaqalashtiriladi.
4. Qaysi tashkilot probatsiyani amalga oshirishga vakolatli hisoblanadi? Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organdir.
5. Probatsiya nazoratidagi shaxs ishga yoki oʻqishga joylashishi shartmi? Sud tomonidan oʻziga nisbatan ishga yoki oʻqishga joylashish yuzasidan majburiyat belgilangan probatsiya nazoratidagi shaxsni ishga yoki oʻqishga joylashtirish maqsadida tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasi xodimi mazkur shaxsni ishga yoki oʻqishga joylashtirishga koʻmaklashish haqida mehnat organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligiga, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga yoki taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda taʼlim tashkilotlariga taklif yuboradi.
Probatsiya nazoratidagi shaxs probatsiya hisobiga qoʻyilgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida ishga yoki oʻqishga joylashishi shart.
Ayrim shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olishi mumkin.
Davlat hisobidan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq toʻliq yoki qisman davlat hisobidan koʻrsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam hisbolanadi.
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
???? kam taʼminlangan shaxslar, agar ular:
fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar;
- maʼmuriy ishlar boʻyicha arizachilar;
- maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar boʻlsa;
???? ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;
???? oʻz huquqlari buzilgan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
???? Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
rahbari
S.Raxmatov