Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish


Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish

Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida boʻlib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki oʻzga kompensatsiya belgilanishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining oʻz mulki deb topishi mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) boʻlinmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi. Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan oʻrtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qoʻyilgan omonatlar oʻsha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish paytida eʼtiborga olinmaydi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda boʻlingan taqdirda, er va xotin mol-mulkining boʻlinmay qolgan qismi, shuningdek er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi. Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi talablariga nisbatan 3 yillik daʼvo muddati qoʻllaniladi.

Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin oʻrtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi. Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlaridan va (yoki) er va xotindan birining eʼtiborga loyiq manfaatini hisobga olib, jumladan, agar er yoki xotin uzrsiz sabablarga koʻra daromad olmagan boʻlsa yoxud er va xotinning umumiy mol-mulkini oila manfaatlariga zarar yetkazgan holda sarflagan boʻlsa, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlari tengligidan chekinishga haqlidir.

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov