Янгиликлар
“Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘rib chiqilishi qanday tartibda olib boriladi ?
“Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘rib chiqilishi qanday tartibda olib boriladi ?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-son qaroriga
bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan “Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti fuqarolar yig‘inida har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning
10-sanasigacha eshitiladi.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining hisobotini eshitish bo‘yicha fuqarolar yig‘inini chaqirishga hamda yig‘ilish kun tartibini ishlab chiqishga fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolarning yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida shakllantiriladigan kollegial ijro organi — fuqarolar yig‘ini kengashi mas’ul hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini majlisi kun tartibi va reglamenti majlis bo‘lib o‘tadigan kundan kamida bir hafta oldin fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolar yig‘ini majlisi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
“Mahalla yettiligi” a’zolari hisobotini eshitish bo‘yicha o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘ini majlisi fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, “Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolar vakillarining yig‘ilishida eshitiladi. Fuqarolar yig‘ini majlisida “mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti bilan bir qatorda ularning keyingi chorakda amalga oshirish rejalashtirgan vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumot ham eshitiladi.
Fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga) “mahalla yettiligi” a’zolarining yuqori turuvchi tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimi, sektor rahbarlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limi rahbari, davlat organlari va tashkilotlarning vakillari hamda ommaviy axborot vositalari taklif etilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini majlisini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar yig‘ini majlisini fuqarolar yig‘inining raisi yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Fuqarolar yig‘ini raisi hisobot beradigan majlisda fuqarolar yig‘ini raisining maslahatchilaridan biri raislik qiladi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini majlisida yig‘ilish o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi yoki majlisda raislik qilgan uning maslahatchilaridan biri tomonidan imzolanadi.
Toshkent tuman adliya bo’imi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsilti K.AShadiyev