Янгиликлар
“Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti bo‘yicha qandaq choralar ko‘riladi?
“Mahalla yettiligi” a’zolarining hisoboti bo‘yicha qandaq choralar ko‘riladi?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 334-son qaroriga
bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan Mahalla yettiligi” a’zolarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qarori nusxasi 3 kun muddatda tegishli choralarni ko‘rish uchun:
fuqarolar yig‘ini raisini rag‘batlantirish, intizomiy tartibda jazolash yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalarini ko‘rib chiqadi;
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorini rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash uchun ularning ish beruvchi (yuqori turuvchi) tashkilotiga taqdim etiladi.
Fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qarori, yo‘llangan taqdimnoma hamda xatlari ularni qabul qilgan davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi, 15 kun muddat ichida fuqarolar yig‘iniga javob berilishi shart.
“Mahalla yettiligi” a’zolari hisobotini fuqarolar yig‘inida muhokama qilish natijalari, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) qarorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy axborot fuqarolar yig‘inlari tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning yakuniga qadar sektor rahbari, Xalq qabulxonalari, tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritib boriladi.
Toshkent tuman adliya bo’imi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsilti K.AShadiyev