Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor xodimlar qisqartirishga tushmaydi


Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor xodimlar qisqartirishga tushmaydi

Homilador boʻlsangiz hech nimadan qoʻrmang, siz sokrasheniyaga tushmaysiz. Direktor sizni ishdan boʻshata olmaydi.

Mehnat kodeksining 163-moddasiga koʻra homilador ayollar (ushbu Kodeks 408-moddasi) va uch yoshgacha bolasi boʻlgan xodimlar (ushbu Kodeks 409-moddasi) uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi.

Mana shu qoidaga koʻra homilador boʻlganingiz sababli, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan bekor qila olmaydi.

Agar siz oʻzingiz ariza yozmasangiz, boshqa usul bilan sizni ishdan boʻshatish mumkin boʻlmaydi.

Dekret masalasiga kelsak, siz homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda uning uchun nafaqa olasiz.

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

Qarang! Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 28-bandiга koʻra homiladorlikning oʻttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tugʻishga qadar necha kun qolganidan qatʼi nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan toʻliq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Bu holatda sizga tuman adliya boʻlimiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Mazkur organ orqali siz yuqoridagi huquqlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov