Янгиликлар
Mahalla xodimlarining maktab ishlariga aralashishga haqqi bormi?
Mahalla xodimlarining maktab ishlariga aralashishga haqqi bormi?
Sizning ham, xotin-qizlarning ham, yoshlar yetakchisining ham maktab ishlariga aralashishga, ularning faoliyatini nazorat qilishga hech qanday huquqingiz, haqqingiz yoʻq.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom 6-bandida umumtaʼlim maktablarini tekshirish, nazorat qilish asoslari va tartibi belgilangan boʻlib, ular qatorida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda uning tekshirish asoslari belgilanmagan.
Undan tashqari “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonun 11-moddasida fuqarolar yigʻinining vakolatlari belgilangan boʻlib, ular qatorida maktablar faoliyatini, undagi taʼlim sifatini nazorat qilish vakolati mavjud emas.
Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, Maʼmuriy javogarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq taʼlim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
• fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha;
• mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Sizdagi holat maktab rahbari sizlarning harakatlaringiz ustidan prokuraturaga yoki IIBga shikoyat qilsa, sizlarga yuqoridagi norma bilan javobgarlik chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
rahbari
S.Raxmatov