Янгиликлар
Pensiyani qayta hisoblatish imkoni bormi?
Pensiyani qayta hisoblatish imkoni bormi?
Assalomu aleykum onam pensiyasi kam staj 42 yil lekin katta stajga karamasdan eng kichkina oylikdan pensiya tayinlashdi pensiyani kayta kurib chikib imkoni bormi?
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun 49-moddasiga muvofiq Pensiyalarni qayta hisoblash:
➖ pensioner pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
➖ nogironlik guruhi oʻzgarganda;
➖ boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni oʻzgarganda;
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda;
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori oʻzgarganda;
➖ daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Bunda pensiya miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari (tariflari) indeksi (inflatsiya) darajasining oʻsish surʼatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga asosan indeksatsiya qilinadi (oshiriladi).
Shunga koʻra, sizdagi holatda yuqoridagi asoslardan biri mavjud boʻlsa, pensiyani qayta hisoblash boʻyicha hududiy pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
rahbari
S.Raxmatov