Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jismoniy tarbiya fanini oʻtishga haqlimi?


Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jismoniy tarbiya fanini oʻtishga haqlimi?

 

Assalomu alaykum! Men maktabda Jismoniy tarbiya fanidan dars beraman bu yil menga boshlang'ich sinfdan dars berilmadi. Savolim boshlang'ich sinf Ustozlari jismoniy tarbiya fanini o'tishi mumkinmi?

Gap boshlangʻich sinflardagi jismoniy tarbiya fani haqida ketayotgan boʻlsa, unda oʻqituvchilar haqli.

Xalq taʼlimi vazirligining 2020 yil 10 avgust kunidagi 03-02/01-1807-sonли koʻrsatmasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi diplomida “Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan bulsa, ular umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʼat”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin.

Yuqorida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi dars berishi mumkin boʻlgan fanlar roʻyxati aniq keltirilgan.

Aynan mana shu qoidaga koʻra boshlangʻich sinflardagi jismoniy tarbiya fani boshlangʻich sinf oʻqituvchisi tomonidan oʻtiladi.

Bunda “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami № 3271) qoidalariga koʻra, jismoniy tarbiya darsi boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga tarif asosida beriladi.

 

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov