Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Shtat qisqarishi degani hammaga teng qisqaradi deganimi?


Shtat qisqarishi degani hammaga teng qisqaradi deganimi?

 

Assalomu alaykum! Men oliy talim muassasasida kafedra dotsenti lavozimida ishlayman. Umumiy ish stajim ushbu kafedrada ishlash davrida 34 yil. Bizning kafedraga 2024-2025 ukuv yiliga shtat kiskarishi keldi. Kafedrada jami 15 nafar professor-ukituvchi ishlaydi. Shulardan 4 nafari ilmiy darajaga ega. Kafedra mudiri va men OAK tomonidan berilgan "dotsent" diplomiga egamiz. Kolgan 2 nafari v.v.b "dotsent" lavozimida ishlashadi. 10 nafari esa ukituvchi lavozimida. Shu xolatda men 1 stavka " dotsent" lavozimidan sokrasheniyaga tushishim tugrimi? Shtat kiskarishi degani xamma teng kiskaradi deganimi? Javobingizni kutaman.

Shtat qisqarishi degani hammaga teng boʻladi degani emas. Qisqartirish odatda aniq shtat birligiga beriladi.

 

Misol uchun tashkilotdagi uslubchi shtat birligi qisqartirishga tushsa va yangi shtatlar jadvalida ushbu shtat birligi aytaylik 10 tadan 5та qisqarsa, tashkilotdagi jami 10 nafar shu lavozimda ishlaydigan xodimlarga qisqartirish boʻyicha ogohlantirish xati beriladi.

Sizdagi holatga kelsak, masalan universitetning jami kafedralaridagi dotsent lavozimi uchun ajratilgan 4 shtat birligidan 2таси qisqaritishga tushsa, unda aynan dotsent lavozimida ishlayotgan 4 nafar xodimga qisqartirish boʻyicha ogohlantirish xati beriladi. Qolgan lavozimda ishlaydigan (professor, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi) xodimlarga bu qisqartirish taʼsir koʻrsatmaydi.

Demak, sizlarda dotsent lavozimi kafedrada 2та boʻlib, shundan 1таси qisqartirilsa, unda sizga ogohlantirish berilishi mumkin. Bizga ogohlantirish xatini yubormaganligingiz uchun savolingiz aniq javob bera olmaymiz. Agar sizga ogohlantirish xati berilgan boʻlsa, unda siz quyidagi havolada keltirilgan huquqlarga egasiz.

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov