Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Ishga kirish uchun yoʻllanma talab qilinishi toʻgʻrimi?


      Ishga kirish uchun yoʻllanma talab qilinishi toʻgʻrimi?

Assalomu alaykum. Men oliy maʼlumotliman. Auksiondan meni nomimga 30 sotix yer olganmiz. Mutaxasisligim buyicha maktabga ishga kirmokchi bulsam bandlikdan yullanma surayapti. Meni nomimda Auksiondan olgan yer bulgan ligi sababli bandlikdan Ya TT ing bor deb yullanma bermayapti. Yullanmasiz maktabga ishga olmayapti. Men endi yattsi bor deb uz soxam buyicha ishga kira olmaymanmi?

Ishga kirish uchun yoʻllanma olish majburiy talab emas.

Yoʻllanma bandlik organlarida ish izlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan, nogironligi boʻlgan yoki bitiruvchi kurs talabalariga nisbatan qoʻllaniladigan qoida.

Bu vaziyatda siz direktordan yozma rad javobi berishni talab qiling.

Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart.

 

Bunda yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

Shunga koʻra direktor yozma rad javobida yoʻllanma olib kelish talabini qoʻysa yohud yozma javob berishni xohlasama, tuman adliya boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov