Янгиликлар
Tadbirkor uyidan YATT sifatida doʻkon ochganda, noturarga oʻtkaz deb majburlash toʻgʻrimi?
Tadbirkor uyidan YATT sifatida doʻkon ochganda, noturarga oʻtkaz deb majburlash toʻgʻrimi?
Assalom alekum men YTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganman do‘kon yuritaman. Do‘konimni yashab turgan joyimni bir qismidan qurganman, kadastrim bor hammasi kiritilgan. Endi menga do‘konimni o‘zini nooturar qilasan deyapti hokimyatning qurilish bo‘limidan. Shu to‘g‘rimi?
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qaroriga 1-ilovaда tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatining 1-bandida YATT oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinligi keltirilgan.
Bunda YATT oʻz turar joyida faoliyatni tashkil etishi mumkin.
Lekin bundan qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno.
Yaʼni yuqoridagi faoliyat turlari bilan YATT sifatida shugʻullanish mumkin emas.
Bu holatda siz oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari chakana oldi-sotidisi bilan yashash joyingizda shugʻullanishingiz mumkin.
Uyning doʻkon joylashgan qismini noturar joyga oʻtkazish shart boʻlmaydi. Bu holatda siz tuman adliya boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
rahbari
S.Raxmatov