Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?


Talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?

Assalomu alaykum men pedagokika unversitetining 4-bosqich kunduzgi ta'lim  talabasiman. Men maktabdan  maksimum necha soat olishim mumkin va bu qaysi qaror, kodekslar bilan belgilab quyilgan

Talabaning asosiy vazifasi taʼlim olish hisoblanadi. Shu tufayli talaba faqat darsdan boʻsh vaqtlaridagina ishlashga haqli. Anʼanaviy yoki masofaviy shaklda oʻqishning oʻqishning ahamiyati yoʻq. Har ikki holatda ham asosiy vazifa oʻqish.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi.

 Shunga koʻra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.

Mana shu qoidaga koʻra talaba taʼlim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda toʻliq stavkada ishlay olmaydi.

 Bunda talaba OTMdagi darslari qoʻyilgan soatlarga qarab 0.50дан 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin.

Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. OTMda bir kunda kamida 2 para dars oʻtilganda ham talaba deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun oʻqish boʻlganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib boʻlmaydi. Shunga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba toʻliq stavkada ishlay olmaydi.

Bu vaziyatda talaba boʻsh vaqtiga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqli.

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

rahbari

S.Raxmatov