Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xodimning arizasi majburan yoki aldab yozdirib olinganda, qayta ishga tiklanish uchun qanday yoʻl tutish kerak?


Xodimning arizasi majburan yoki aldab yozdirib olinganda, qayta ishga tiklanish uchun qanday yoʻl tutish kerak?

 

Assalom aleykum men 2021 yilda mart oyida maktabgacha ta'lim tashkilotiga 0,5 stavkada ishga qabul qilingandm 2022 yilda birinchi farzandmga dekretga chiqib 2024 yil fevral oyida ishga chiqdm iyul oyining 9 sanasida 2 farzandmga dekretga chiqdm mendan oldin ishlab dekretga chiqib ketgan ishchini orniga orindosh qilib olingansan deb dekretdan keyin 17 iyul kuni ishdan boshash arizamni yozdirib olishdi mehnat shartnomamni bekor qilishdi lekin ishga kirgan buyrugim asosiy ishchi ekanligimni keyin bldim indi ishimni tiklay desam oz qolim bn yozgan arizam ozimga qarshi bolib turibdi aytingchi endi Nima qilsam ishga tiklash munkin. Tuman va viloyat prakraturasiga berdm ishimni korish uchun?

Xodimning arizasini majburan olib, uni ishdan boʻshatish noqonuniy.

Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini oʻn toʻrt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.

Bunda xodim oʻzi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.

Xodim arizani oʻz tashabbusi bilan (oʻz xohishi bilan) yozadi. Agar ish beruvchi arizani boshqa har qanday usulda olsa, unda xodimda ishga tiklanish huquqi paydo boʻladi.

Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandiга binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat xodimning yozma arizasi asos boʻlib, u haqiqatdan uning mehnat munosabatlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi xohish-istagini namoyon etishi lozim.

Bunda qaror 20-bandiга koʻra qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga koʻra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan boʻlishidan qatʼiy nazar arizasini qaytarib olishga haqli.

Shunday ekan sizda arizani qaytarib olish huquqi mavjud.

Ishdan boʻshatish haqida buyruq chiqarishda esa ish beruvchi telefondagi rasmni emas, aksincha arizaning asl nusxasini olishi kerak.

Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodim shu tashkilotdagi ishni haqiqatda tashlab ketish istagini bildirgan yozma arizasiga binoan yoʻl qoʻyiladi (Qaror 21-bandi).

Bunda sudlarning eʼtibori, xodimni ariza yozishga nafaqat majburlash, bosim yoki tazyiq oʻtkazish, balki xodimda mehnat munosabatlarini tugatish istagi boʻlmay turib, ish beruvchi tomonidan uni ariza yozishga faol ravishda undash harakatlari ham qistov sifatida baholanishi lozimligiga qaratilsin.

Shunga koʻra siz ham fuqarolik sudiga ishga tiklash haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim.

Muddat masalasiga kelsak, muddat oʻtgan boʻlsa, unda uzrli sababga koʻra muddatni oʻtkazib yuborganingiz va muddatni tiklash haqida sudga iltimosnoma kiritishingiz mumkin.

 

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

K.Shadiyev