Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qanday ishlar mavsumiy hisoblanadi?


Qanday ishlar mavsumiy hisoblanadi?

Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan mavsumiy ishlar qoida tariqasida quyidagicha belgilanadi:

▪️ Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, 6 oydan oshmasligi kerak.

▪️ Ishning mavsumiy xususiyati toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida koʻrsatilishi kerak.

▪️ Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chogʻida sinov muddati belgilanmaydi.

▪️ Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.

6 oydan ortiq davr ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayrim mavsumiy ishlarning roʻyxatlari va eng koʻp davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

K.Shadiyev