Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

YANGI SAYLOV TIZIMINING (MAJORITAR-PROPORSIONAL) MOHIYATI


YANGI SAYLOV TIZIMINING (MAJORITAR-PROPORSIONAL) MOHIYATI

Xalqaro tajribada saylov tizimining bir nechta shakllari mavjud, jumladan majoritar, proporsional va aralash tizimlari.

Majoritar tizimida saylovchilar toʻgʻridan toʻgʻri ayni bir nomzodga ovoz beradi va eng koʻp ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topiladi.

Proporsional tizimda esa saylovchilar muayyan nomzodga emas, partiyalarga ovoz beradi. Partiyalarning parlamentdagi oʻrni ular toʻplagan ovozga muvofiq taqsimlanadi.

Keyingi tizim esa aralash saylov tizimi boʻlib unda deputatlarning bir qismi majoritar tartibda, ikkinchi qismi esa proporsional tartibda saylanadi.

Endilikda Oʻzbekistonda parlamentga saylovlar aynan aralash – majoritar-proporsional tizim asosida boʻlib oʻtadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimiga asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanadi.

Shunga koʻra, Qonunchilik palatasining 75 nafar deputatini majoritar tartibda saylash uchun 75 ta hududiy saylov okrugi tuziladi, siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxati asosida qolgan 75 nafar deputat saylovi uchun Oʻzbekistonning butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanishi belgilab qoʻyilgan.

Cайлов okruglarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda belgilanadi.

 

 

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

K.Shadiyev