Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

SAYLOVNING ASOSIY QOIDALARI


SAYLOVNING ASOSIY QOIDALARI

Oʻzbekiston Respublikasida saylov: umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali oʻtkaziladi.

Saylov ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga ega.

Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:

•        Markaziy saylov komissiyasi;

•        hududiy saylov komissiyalari;

•        tuman va shahar saylov komissiyalari;

•        xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari;

•        uchastka saylov komissiyalari.

Saylov komissiyalari fuqarolarni:

•        oʻz ishi toʻgʻrisida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti toʻgʻrisida xabardor etadi;

•        saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradi;

•        Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar toʻgʻrisidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi maʼlumotlarni maʼlum qiladi.

Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJtK 512-moddasi).

Toshkent tumani Yuridik

xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

K.Shadiyev