Янгиликлар
Bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Maʼlumki, joriy yil 27 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻlib oʻtadi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-953-son, 04.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.
Toshkent tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
K.Shadiyev