Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini bilasizmi?


Oʻquvchini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini bilasizmi?

Farzandim oʻqiyotgan maktab ancha uzoqlik qilayapti. Oʻqishini oʻzimizga yaqin hududdagi maktabga oʻtkazsak boʻladimi? Ota-onalar oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega. Ota-onalar farzandini bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza maktab direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.

Oʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori maktabga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safidan chiqarish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi. Maktab direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻgʻrisida tilxat oladi: oʻquvchining maktab oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma; oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli; oʻquvchining tibbiy kartasi. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori boshqa maktabdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.

YUXKM bosh yuriskonsulti                                        M.Kurbanov