Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyat takomillashtiriladi


Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyat takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-956-son, 05.09.2024 y.) bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, vakolatli davlat organini bojxona brokeri sifatida faoliyatni hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, mazkur faoliyat turlarini boshlash yoki tugatish toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

YUXKM bosh yuriskonsulti                                        M.Kurbanov