Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Piyodalar yoʻlagidan oʻtayotganda nimalarni qilish mumkin emas


Piyodalar yoʻlagidan oʻtayotganda nimalarni qilish mumkin emas

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:

— piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik; — yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtish;

— piyodalar yoʻlning qatnov qismida telefondan foydalanishi;

— kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilish;

— audiomateriallarni eshitish;

— eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;

— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik,

— ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmaslik.

Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

YUXKM bosh yuriskonsulti                                        M.Kurbanov