Янгиликлар
FHDY bo`limida nikohdan ajralish uchun ariza berishda taraflarning har ikkisi bo`lishi shartmi?
FHDY bo`limida nikohdan ajralish uchun ariza berishda taraflarning har ikkisi bo`lishi shartmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 550-sonli qarorining 102-bandiga ko`ra, agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Bunda FHDY organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Bekobod shahar Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti: Djurayeva Dildara Adxambayevna