Янгиликлар
Qanday hollarda er yoki xotinning arizasi asosida nikohdan ajratish mumkin?
Qanday hollarda er yoki xotinning arizasi asosida nikohdan ajratish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 550-sonli qarorining 106-bandiga ko`ra, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan umumiy bolalari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra FHDY organlarida nikohdan ajratish qayd etiladi.
Bekobod shahar Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti: Djurayeva Dildara Adxambayevna