Янгиликлар
Qachon familiya, ism va ota ismini o`zgartirish mumkin?
Qachon familiya, ism va ota ismini o`zgartirish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 550-sonli qarorining 150-bandida Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq; (O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.)
sudning hal qiluv qarori asosida;
agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;
xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa;
bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lgandaligi belgilangan.
Bekobod shahar Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti: Djurayeva Dildara Adxambayevna