Янгиликлар
Pedagod xodimlarga qanday ustama haq to’lanadi
Pedagod xodimlarga qanday ustama haq to’lanadi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 sentabrdagi 823-son qarorida shunday belgilangan: Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz; 71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz; 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz; 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz; 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz; 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz; 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi