Янгиликлар
Pedagod xodimlarga moddiy yordam beriladimi va qancha miqdorda?
Pedagod xodimlarga moddiy yordam beriladimi va qancha miqdorda?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 sentabrdagi 823-son qarorida shunday belgilangan: Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi 425-son qarorida hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorigaILOVAsida ham belgilab o’tilgan.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi