Янгиликлар
Xodim mehnat ta’tilini bo’lib olish mumkinmi?
Xodim mehnat ta’tilini bo’lib olish mumkinmi?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilab o’tilganidek, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak. Demak bu jarayonda xodim va ish beruvchi o’zaro kelishishi kerak. Ya’ni ish beruvchi ish jarayonidan kelib chiqib agar rozilik bermasa xodim mehnat ta’tilini har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq olishiga to’g’ri keladi.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi