Янгиликлар
Ish o’rni qisqarayotgan xodimni ish beuvchi qancha vaqt oldin ogohlantirishi kerak?
Ish o’rni qisqarayotgan xodimni ish beuvchi qancha vaqt oldin ogohlantirishi kerak?
Ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarni tartibga solishda amaldagi qonunchilik normalarni to‘g‘ri qo‘llash ular o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Xususan, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda ish beruvchi va xodim tomonidan e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan eng muhim holatlar mavjud.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart:
kamida ikki oy oldin — mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi, korona mulkdori almashganligi munosabati bilan, shuningdek xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda bekor qilinganda;
kamida ikki hafta oldin – mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi munosabati bilan bekor qilinganda.
kamida uch kun oldin – mehnat shartnomasi xodim aybli xatti-harakatlar sodir etganligi munosabati bilan bekor qilingan hollarda.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi