Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tibbiyot xodimlariga qanday ustama haq to’lanadi


 

Tibbiyot xodimlariga qanday ustama haq to’lanadi

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son qarorida shunday belgilangan:

Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:

ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;

ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;

ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;

ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.

 

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi