Янгиликлар
Tibbiyot xodimlari ish stajida uzulishlar mavjud bo'lsa …
Tibbiyot xodimlari ish stajida uzulishlar mavjud bo'lsa …
O’zbeksiton Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida” gi 265-I-son Qonunning 41-moddasida belgilangan tartibda, o’z kasbi bo’yicha uch yildan ko’p ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli faoliyat bilan shug’ullanishiga tegishli o’quv yurtlarida qayta tayyorgarlikdan o’tganlaridan keyin yoki O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalari o’tkazadigan attestatsiya asosida yo’l qo’yilishi ko’rsatilgan.
Demak, o’z kasbi bo’yicha uch yildan ko’p ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ish beruvchi ishga qabul qilishdan oldin qayta tayyorgarlikdan o’tganligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi