Янгиликлар
“Maktab direktori” lavozimiga nomzodlar menejerlik kursini bitirgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.
“Maktab direktori” lavozimiga nomzodlar menejerlik kursini bitirgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 — 2026 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida» 2022-yil 11-maydagi PF-134-son, «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023-yil 26-maydagi PF-79-son farmonlari asosida Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra: 2024-yil 1-yanvardan boshlab A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagiumumiy o‘rta ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — maktab) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilingan.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga xar oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:
➖ maktab direktorlariga — 50 foiz;
➖ maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.
Mazkur Nizom talablari quyidagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Tasdiqlangan o‘qitish xarajatlari uchun to‘lov miqdori nomzodlardan undiriladi va ushbu mablag‘lar Institutning budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ishdan ajralgan holda o‘quv kurslarda ishtirok etish uchun nomzodlarning o‘qishi davrida ularning ish haqi miqdorlari saqlab qolinmaydi va safar xarajatlari qoplab berilmaydi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi