Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Saylovda birovning nomidan ovoz berish, jarimaga tortiladi.


Saylovda birovning nomidan ovoz berish, jarimaga tortiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-11-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentyabrdagi O‘RQ-953-sonli Qonuniga asosan kiritilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, endilikda saylovda bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov byulletenini taqdim etgan saylov komissiyasi a’zosi BHMning 1 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

Bundan tashqari, davlat byudjetidan saylovga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanganligini nazorat qilish uchun bundan buyon sarflangan mablag‘lar to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmagan, vaqtida taqdim etmagan yoki bila turib atayin noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan siyosiy partiya mansabdoriga nisbatan BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llaniladi.

Qonun, saylovda bir shaxs faqat bir marta ovoz berishini hamda saylovga sarflanadigan mablag‘lar hisobdorligini oshirishni nazarda tutmoqda.

 

 

 

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.