Янгиликлар
Yurist kadrlarni tayyorlashda yangi islohotlar
Yurist kadrlarni tayyorlashda yangi islohotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq yuridik ta’limning uzluksizligini ta’minlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari” tashkil etish to’g’risida qaror imzogan edi.
“Huquq sinfi”ga o‘quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o‘quvchilari orasidan saralanib, maktab pedagogik kengashi tavsiyasi asosida direktorning buyrug‘i bilan o‘tkaziladi;
b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab “maktab — litsey — texnikum — universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar (ikki yillik o‘qish davrida har bir o‘quv yili yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar) test sinovlarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida), yuridik texnikumlarga qabul qilinadi;
v) akademik litseylar tegishlicha Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
g) Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlarining amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish yakunlanguniga qadar ilgari belgilangan tartibda akademik litseylarda davom ettiriladi, texnikumlar o‘quvchilariga nisbatan ilgari belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi hamda bitiruvchilarga tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom beriladi;
d) Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda akademik litseylardagi mavjud shtat birliklari va mehnatga haq to‘lash miqdorlari doirasida ishga qabul qilinadi;
e) akademik litseylarning ijrochi direktori litseyning faoliyatiga oid barcha masalalar, jumladan moliyaviy masalalar, ma’muriy boshqaruv va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun javobgar hisoblanadi;
j) akademik litseylarning o‘quv-uslubiy jarayoni yuridik ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 27-avgustdagi 532-son qaroriga muvofiq:
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan variativ o‘quv rejalari asosida zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari”ni tashkil etiladi
O‘quvchilar “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha variativ o‘quv rejalari asosida ta’limning keyingi bosqichlarida samarali ta’lim olish uchun tayyorlanadi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi tizimli ravishda o‘tkaziladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.