Янгиликлар
Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirish
Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirish
Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi deganda xodimning buzilgan huquqini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni va tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga yoxud yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarga murojaat etmasdan yoki murojaat qilgan holda tiklashga va (yoki) ushbu huquqni amalga oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil ravishdagi qonuniy harakatlari tushuniladi.
Xodim o‘z huquqi buzilganligi haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan paytdan e’tiboran mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishni amalga oshirishga haqli.
Xodim o‘zini o‘zi himoya qilishni to‘xtatish to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra istalgan paytda qaror qabul qilishga haqli.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova