Янгиликлар
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq to‘lash
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq to‘lash
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova