Янгиликлар
Savol: Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi qanday?
Savol: Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqi qanday?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksning 67-moddasiga muvofiq: bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bola qonunga muvofiq to‘la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o‘z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bola ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir