Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savol: Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik qanday?


Savol: Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksning 142-moddasiga muvofiq: aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi.

Aliment oluvchi aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligida aybdor aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsdan aliment to‘lash majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir