Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savol: Vakillik nima?


Savol: Vakillik nima?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 129-moddasiga muvofiq: ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi.

O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir