Янгиликлар
Savol: Neustoyka nima?
Savol: Neustoyka nima?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 260-moddasiga muvofiq: Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
Chirchiq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Avlaqulov Sobir