Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savol: Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari qanday?


Savol: Undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish asoslari qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 279-moddasiga muvofiq: Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish mumkin.

Agar garov bilan ta’minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo‘lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir