Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savol: Protsessual huquqiy vorislik nima?


Savol: Protsessual huquqiy vorislik nima?

 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 47-moddasiga muvofiq: nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi.

Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.

Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan so‘ng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.

Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                                 Avlaqulov Sobir