Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qonunchilikka ko`ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o`z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog`liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:


Qonunchilikka ko`ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o`z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog`liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo`lganda;

sayyor va ko`chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko`ra boshqa joydagi ishga ko`chib o`tganda;

ish beruvchining yo`llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o`tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo`lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko`rikdan o`tganligi munosabati bilan;

xodim foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensasiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev