Янгиликлар
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
o`zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo`lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o`g`illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo`ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo`ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa faoliyat bilan shug`ullanishga, O`zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo`lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’ektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo`jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo`lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
o`zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo`lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
o`z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko`zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg`alar olishga;
chet davlat fuqaroligini olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o`z xizmat mavqei bilan bog`liq holda foydalanishga;
O`zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo`lishga, ko`chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o`tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
o`zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko`zlab amalga oshirishga.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev