Янгиликлар
Qonunchilikka ko`ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo`lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Qonunchilikka ko`ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo`lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig`ida joylashgan ko`p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi erlar Ko`chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona er uchastkasiga birlashtiriladi.
Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo`sh turgan yer uchastkalari o`rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko`rsatiladi.
Yangi realizasiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’ektni foydalanishga topshirish davriga teng bo`lgan, biroq 3 yildan ko`p bo`lmagan muddatda er solig`i stavkasi 50 foiz miqdorida qo`llanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev