Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi.


“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda er resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo`lib-bo`lib to`lashga ruxsat beriladi:

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to`lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to`lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

Shuningdek, barcha turdagi er uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to`liq to`langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko`p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko`rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev