Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Nogironligi bo`lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo`lgan huquqlarini ta’minlash uchun qo`shimcha sharoitlar yaratiladi!


Nogironligi bo`lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo`lgan huquqlarini ta’minlash uchun qo`shimcha sharoitlar yaratiladi!

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ-955-son, 05.09.2024 y.) bilan “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonunga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi

Qonunga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarga ko`ra:

Davlat nogironligi bo`lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, shu jumladan sud prosessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo`lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko`radi.

Nogironligi bo`lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o`z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo`lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko`rish bo`yicha nogironligi bo`lgan, o`rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo`lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini nogironligi bo`lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to`ldirilmoqda.

Eslatma! Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev