Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo`shimcha vazifalar yuklatildi!


 

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo`shimcha vazifalar yuklatildi!

Qarorga ko`ra, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag`lari bilan ta’minlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag`larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi.

2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo`yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o`rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi:

qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo`yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;

respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag`larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo`yicha tavakkalchiliklarni o`zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo`naltirish;

mikrokredit beruvchilar tomonidan o`z mablag`lari hisobidan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo`yicha portfel kafilliklar taqdim etish.

“Kichik biznesni rivojlantirish jamg`armasi” MChJning mol-mulklari baholashdan o`tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo`shib yuboriladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev