Янгиликлар
“Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024 y.) qabul qilindi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:
bir loyiha doirasida 300 million so`mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so`m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag`lari hisobidan, 200 million so`mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o`z mablag`lari hisobidan ajratish;
garovsiz ajratilgan 100 million so`m doirasida mikrokreditlar bo`yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o`rtasida taqsimlash yoki ular bo`yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
mikrokredit beruvchilar tomonidan o`z mablag`lari hisobidan ajratilgan 100 million so`mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o`tish.
Dastur doirasida 100 million so`mgacha garovsiz mikrokreditlar:
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi;
2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro`yxatdan o`tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
5-toifa uchun – 12,5 foiz;
4-toifa uchun – 13,5 foiz;
3-toifa uchun – 14,5 foiz;
2-toifa uchun – 17,0 foiz;
1-toifa uchun – 18,0 foiz;
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev