Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi!


Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi!

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to`langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to`langan QQSning 40 foizi;

60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to`langan QQSning 20 foizi;

turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga to`langan QQSning 20 foizi.

2024-yil 1-noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog`lig`iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to`xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo`l qo`yiladi.

2025-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo`yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                          T.T.Bektoshev