Янгиликлар
Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig`i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi!
Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig`i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi!
Farmonga ko`ra, eksport operasiyalari bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`i summasi o`rnini qoplashda:
soliq to`lovchilardan O`zbekiston bojxona hududidan o`tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo`natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo`yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o`tganligi to`g`risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo`ladi.
Asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni etkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan bo`lsa, mazkur operasiya bo`yicha aktivlarni repatriasiya qilish muddati sifatida kontraktda ko`rsatilgan etkazib berish muddati e’tirof etiladi.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig`i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev